“Bolqon”dan oltin bilan

Date:

Yoshlarning xalqaro fan olimpiadalarida erishayotgan yutuqlari mamlakatimiz ta’lim tizimidagi islohotlar va iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi sa’y-harakatlarning muhim samarasidir. Bunday natijalar yurtimiz nufuzini xalqaro maydonda yanada yuksaltirmoqda.

Gretsiyada o‘tkazilgan 43-Bolqon matematika olimpiadasi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi tarixiy natija qayd etib, 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Quvonarlisi, ushbu nufuzli xalqaro olimpiada g‘oliblari safida Surxondaryo viloyati vakillari — Termiz shahridagi 14-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari Javohir Anvarov hamda Elshod O‘ralov ham munosib natijalarga erishdi. Yoshlarning bu muvaffaqiyati ularning bilim va salohiyati bilan birga, ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tiborning yorqin ifodasi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun