Davomat nazorati kuchayadi

Date:

Ijtimoiy tarmoqlarda maktablarda davomatni “aqlli” kameralar orqali aniqlash haqidagi xabarlar keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bu borada rasmiy izoh berib, hozirda o‘quvchilar davomatini nazorat qilish “e-maktab” platformasi orqali o‘qituvchilar va sinf rahbarlari tomonidan har kuni yuritilayotganini ma’lum qildi.

Amaldagi nizomga ko‘ra, sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilar bo‘yicha ota-onalarga ogohlantirish yuboriladi. Agar holat takrorlansa, ular ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Bu choralar bolalarning muntazam ta’lim olishini ta’minlashga qaratilgan.

Shuningdek, ayrim maktablarda sinov tariqasida o‘rnatilayotgan “aqlli” kameralar davomatni nazorat qilishni yanada samarali qilish, ota-onalarga farzandlari qatnashuvini onlayn kuzatish imkonini berish hamda o‘quvchilar xavfsizligini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Mazkur yangilik ta’lim tizimida intizom va nazoratni kuchaytirish, shuningdek, ota-onalarning mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oldingi sahifaIbrat va xotira
Keyingi sahifaTez va shaffof…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun