Yoshlarimiz yana yetakchi

Date:

Sport — yoshlarning irodasi, intizomi va vatanparvarlik ruhini shakllantiruvchi muhim omillardan biridir. Shu jihatdan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan Karate-Do Shotokan Ryu Kasy Xa yo‘nalishi bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati nafaqat sport bellashuvi, balki yoshlar salohiyatini namoyon etuvchi muhim maydonga aylandi.

Nufuzli musobaqada Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston sportchilari ishtirok etdi. Musobaqa doirasida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi boshchiligida alohida karate-do bellashuvlari ham tashkil etildi. Unda Sariosiyo tumanidagi “Kelajak” markazi jamoasi ham faol qatnashdi. Jamoa tarkibida direktor o‘rinbosari Sh. Begaliyev, to‘garak rahbarlari M. Nusratullayev, E. Narziyev, F. Mirzamurodov hamda 21 nafar yosh sportchi ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, sariosiyolik karatechilar 10 ta oltin, 8 ta kumush va 5 ta bronza medalni qo‘lga kiritib, yuksak natijalarga erishdilar.

Mazkur muvaffaqiyat yoshlar o‘rtasida sportni rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va xalqaro maydonda mamlakat nufuzini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun