Kamtarlikning mukofoti

Date:

Bir boy nonvoy eng qashshoq oilalarning bolalarini o‘z huzuriga olib kelishlarini so‘radi. Bolalar jam bo‘lgach, u shunday dedi:

— Bu savatda har biringiz uchun bittadan non bor. Har biringiz bittadan oling, ertaga yana keling, men sizlarga yana non beraman.

Savat atrofida deyarli janjal boshlanib ketay dedi. Har kim kattaroq nonni olishga urinardi. Nonlarni talashib olgan bolalar shoshilinchda tarqalib ketishdi va hatto nonvoyga rahmat ham aytishmadi. Faqat kichik, juda ham juldur kiyingan bir qizaloqqina chetda jim turib, o‘z navbatini kutdi.

Hamma tarqalgandan so‘ng, u savat oldiga kelib, tagida qolgan eng kichik nonni oldi. Nonvoyga minnatdorchilik bildirib, uyiga yo‘l oldi.

Uyda qizaloqning onasi nonni kesayotganda, uning ichidan kumush tangalar chiqdi. Qizaloq bu pullarni nonvoyga qaytarib olib keldi, ammo u shunday dedi:

— Yo‘q, bolam, bu tasodif emas. Men ularni ataylab eng kichik nonning ichiga solgandim, seni mukofotlash uchun.

Odamlarning ko‘pchiligi ko‘p narsaga o‘z kuchi bilan erishishlarini aytadi, ammo biz holatni kamtarlik bilan qabul qilsak, Parvardigorning marhamati ustimizga yog‘iladi va Uning qo‘llab-quvvatlashi hamda g‘amxo‘rligini his qilamiz.

Sarvar Rahimiy

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

TerDU talabalari — finalda!

Termiz davlat universiteti talabalari “Talabalar teatr studiyalari” festivalining Samarqandda...

Samarqand-u Buxoroga sayohat

Angor tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda yurtimizning boy tarixiy-madaniy...

Do‘ppi chelenji o‘tkazildi

Angor tumanida milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va yoshlar orasida milliy...

Mini GES ishga tushdi

Oltinsoy tumanida energiya samaradorligini oshirish va aholini elektr ta’minoti...
KunTun
KunTun