Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Date:

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish jarayonida “Mehnatobod” mahallasidagi tikuvchilik yo‘nalishidagi kichik korxonani ko‘zdan kechirdi. Ustoz–shogird an’anasi asosida faoliyat yuritayotgan ushbu sexda 5 nafar ayol doimiy ishlamoqda, yana 10 ga yaqin qizlar kasb o‘rganmoqda.

Uchrashuv davomida tikuvchi ayollarning muammo va takliflari tinglanib, sohani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi ta’kidlandi. Shuningdek, tuman markazida mavjud, ammo hozirda foydalanilmayotgan 200 ga yaqin tikuv mashinasiga ega sexni tadbirkorga berish taklifi ilgari surildi.

Bu tashabbuslar yangi ish o‘rinlari yaratish, yoshlarni kasbga yo‘naltirish va tikuvchilik sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Oldingi sahifaMuammolar muhokamada
Keyingi sahifaQarz

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun