Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Date:

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik qisqa muddatli seminarlar tashkil etildi. Tadbirga Axborot texnologiyalari va Fizika-matematika fakultetlarining 80 nafar professor-o‘qituvchilari jalb qilindi.

Seminarlar davomida ishtirokchilar sun’iy intellekt texnologiyalarini o‘quv jarayonida samarali qo‘llash, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish hamda innovatsion ta’lim muhitini shakllantirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni egalladilar.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Prezidentining 2025-yil 22-oktyabrdagi PF-189-son Farmoni va Oliy ta’lim vazirining 2026-yil 12-fevraldagi 54-sonli buyrug‘i ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Seminarlar natijasida yosh avlodga raqamli va innovatsion bilimlarni yetkazishda oliy ta’lim tizimida sifat va samaradorlik oshishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun