Ustoz-shogird an’anasi asosida

Date:

Angor tumanining “Yangiobod” mahallasida tashkil etilgan “Kambag‘allikdan chiqarish markazi” loyihasi doirasida yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish va ularning bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur markaz qoshida faoliyat yuritayotgan avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasida bugungi kunda 11 nafar yoshlar ustoz-shogird an’anasi asosida amaliy kasb sirlarini o‘rganmoqda.

Ustaxona rahbari, tajribali usta Ziyodullajon Jalilovning ta’kidlashicha, yoshlarga hunar o‘rgatish orqali ularning kelajakda mustaqil ravishda daromad topishiga zamin yaratilmoqda.

Aytish kerakki, ustaxonada ta’lim olayotgan yoshlar amaliyot davomida avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘nikma hosil qilib, kelgusida o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bunday amaliy loyihalarni kengaytirish orqali yoshlar bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun