Termiz chorrahasida: turizm va xavfsizlik

Date:

So‘nggi yillarda Surxondaryo viloyati, xususan Termiz shahri nafaqat tarixiy-madaniy merosi, balki zamonaviy turizm infratuzilmasi bilan ham sayyohlar e’tiborini tobora ko‘proq tortmoqda. Hududdagi boy tarixiy obidalar, ziyoratgohlar va ko‘ngilochar maskanlar mahalliy aholi uchun mazmunli hordiq chiqarish imkonini yaratib, ichki turizmni jonlantirmoqda.
Shu bilan birga, xorijlik sayyohlarning ham viloyatga qiziqishi ortib borayotgani hududning xalqaro turizm xaritasidagi o‘rni mustahkamlanayotganidan dalolat. Ayniqsa, Termiz va uning atrofidagi qadimiy maskanlar, muqaddas qadamjolar hamda tabiat qo‘ynidagi dam olish hududlari fuqarolarning oilaviy va madaniy hordiq chiqarishiga xizmat qilmoqda. Bu jarayon jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, milliy qadriyatlarga hurmatni oshirishda ham muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Biroq turizm rivoji bilan bog‘liq eng muhim jihatlardan biri — bu xavfsizlik masalasidir. Sayyoh o‘zini xotirjam his qilgan hududgina jozibador manzilga aylanadi. Shu nuqtayi nazardan, viloyatda jamoat tartibini saqlash va sayyohlar xavfsizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Viloyat IIB huzuridagi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan turistik maskanlarda doimiy nazorat o‘rnatilib, mahalliy va xorijiy mehmonlarga zarur amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda. Ularning faoliyati nafaqat huquqbuzarliklarning oldini olish, balki sayyohlarda ishonch va ijobiy taassurot uyg‘otishga ham qaratilgan. Mazkur tizimning samarali yo‘lga qo‘yilgani hududda xavfsiz turizm muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, turistik oqimning barqaror o‘sishi va hudud iqtisodiyotiga qo‘shimcha turtki bermoqda.

Akbar Mavlyanov,
viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi jamoat tartibini saqlash guruhi katta

Oldingi sahifaSud: shakldan mazmunga…
Keyingi sahifaEng kuchli himoya

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

GRACE dasturi joriy etiladi

Jarqo‘rg‘on tumanida “Korrupsiyadan xoli hudud” dasturi ijrosi doirasida keng...

Ma’naviyat va hamjihatlik targ‘ib etildi

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va...

Shaftoli

— Bolam, chida, homiladorlik dard emas, — ona go‘shakka...

“Sun’iy intellekt” platformasi joriy etiladi

Prezident yig‘ilishda bank kreditlaridan samarali foydalanilmayotganini tanqid qilib, agar...
KunTun
KunTun