Yangi loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Jarqo‘rg‘on tumaniga tashrifi davomida hududdagi tadbirkorlik loyihalari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasidagi tashabbuslar bilan tanishdi.

Tuman hokimi Ilhom Saparov viloyat rahbariga hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, faoliyatni kengaytirish va yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Viloyat hokimi investitsiyalarni jalb etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berdi.

Tashrif ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun