G‘oliblar taqdirlandi

Date:

Termiz shahrida umumta’lim maktablarining 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan Asosiy olimpiadaning to‘rtinchi — respublika bosqichi muvaffaqiyatli yakunlandi. O‘tkazilgan bahslar o‘zbek tili, rus tili va adabiyoti, tarix, davlat va huquq asoslari hamda geografiya fanlari bo‘yicha tashkil etildi. Olimpiada ikki bosqich — yozma ish va test sinovlari asosida o‘tkazilib, jarayonlarda ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat’iy amal qilindi.

Termiz shahrida olimpiada g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Fan olimpiadalari markazi rahbari To‘rabek Shermatov hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Tashpulatov ishtirok etib, o‘quvchilarning yutuqlarini alohida e’tirof etdilar.

Eng yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar oltin, kumush va bronza medallari, diplomlar, qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandilar. Shuningdek, mazkur olimpiadani yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda munosib hissa qo‘shgan mas’ullar ham alohida rag‘batlantirildi.

E’tiborlisi, tarix fanidan Termiz shahrilik Mehriddin Fazliddinov, geografiya fanidan denovlik Muhabbat Qurbonova 1-o‘rinni egallab, o‘z yo‘nalishida oliygohga imtihonlarsiz qabul qilinadigan bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun