Podiumda yoshlar

Date:

Termiz davlat universitetida “Yoshlik fasli” haftaligi doirasida milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbirda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi vakillari, universitet mas’ullari, faxriy ustozlar, dizaynerlar hamda talaba-qizlarning yaqinlari ishtirok etdi.

Tadbir yoshlarni milliy va madaniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, tarix va an’analarni qadrlash tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi. Milliy liboslar ko‘rgazmasi orqali yoshlar o‘z xalqining boy merosi va madaniyati bilan yanada yaqin tanishdi.

Yakunida faol talaba-qizlarga diplom va tashakkurnomalar topshirildi. Mazkur tadbir yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarning o‘rni beqiyos ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun