“Mening oilam – mening huquqim”

Date:

Bugun Termiz shahridagi Davlat xizmatlari markazida “Mening oilam – mening huquqim” aksiyasi o‘tkazildi. Tadbir Yuksalish harakati Surxondaryo viloyati hududiy bo‘linmasi hamda O‘zbekiston Notarial palatasi viloyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Aksiya davomida fuqarolar yer va uy-joy masalalari, mehnat va oilaviy munosabatlar, avtotransport vositalarini rasmiylashtirish, fuqarolik pasporti olish, mulkka egalik, hadya va meros kabi yo‘nalishlarda notariuslardan bepul huquqiy maslahatlar oldi.

Mazkur tashabbus aholining huquqiy savodxonligini oshirish, fuqarolarning o‘z huquqlarini bilishi va himoya qila olishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Aksiya 26-mart kuni Muzrabot tumanidagi “Yo‘lchi” MFYda davom etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun