Kitobga oshno harbiylar

Date:

Bugungi kunda mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar va turli soha vakillari o‘rtasida mutolaa an’analarini keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ezgu tashabbuslar harbiy tizimda ham izchil davom etmoqda.
Termiz tumanida joylashgan DXX Chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qismlarning birida “Surxondaryo kitob olami” MCHJ bilan hamkorlikda “Kitob yarmarkasi” o‘tkazildi. Ushbu yarmarka harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, dunyoqarashi va nutq madaniyatini boyitishga xizmat qilishi aniq.
Yarmarkada badiiy adabiyotlar, tarixiy asarlar, ma’naviy-ma’rifiy hamda motivatsion kitoblar keng namoyish etildi. Harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan asarlarni tanlab, mutolaa uchun xarid qilish imkoniga ega bo‘ldilar.
Ta’kidlanganidek, kitob mutolaasi harbiylar hayotida alohida ahamiyat kasb etadi. U nafaqat bilim va tafakkurni boyitadi, balki shaxsiy intizom, mustahkam iroda, teran fikrlash va vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qiladi. Ayniqsa, harbiy xizmat sharoitida kitob ruhiy hordiq chiqarish, ma’naviy kuch olish va o‘z ustida ishlashning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi.
“Kitob yarmarkasi” harbiylar ma’naviy hayotini boyitish va mutolaa madaniyatini yanada rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Olimjon ISMOILOV

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun