“Yosh kitobxon” g‘oliblari taqdirlandi

Date:

Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi PQ–9-sonli qaroriga muvofiq, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini oshirish, yangi nashrlarni ko‘paytirish hamda ta’lim muassasalarini zarur adabiyotlar bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalar belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Bandixon tumanida “Yosh kitobxon” tanlovining tuman bosqichida faol ishtirok etgan 10 nafar yoshlar munosib rag‘batlantirildi. Tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan “Kitoblar karvoni” loyihasi asosida keltirilgan badiiy va sohaviy adabiyotlar jamlanmasi tantanali topshirildi.

Tadbirda kitobning yoshlar tafakkuri va ma’naviy kamolotidagi o‘rni alohida ta’kidlanib, bu kabi rag‘batlar yoshlarni yanada ko‘proq mutolaa qilishga undashi qayd etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun