Bepul davolanishadi

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 17-fevraldagi PQ–67-sonli qaroriga muvofiq, ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan 6 ming nafar bemorning davolanishi va jarrohlik amaliyotlari bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash belgilangan.

Mazkur qaror ijrosi doirasida Boysun tumanida ham ijtimoiy reyestrda ro‘yxatda turgan 12 nafar fuqaroga bepul davolanish va jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish uchun vaucherlar bosqichma-bosqich topshirilmoqda.

Bu insonparvar tashabbus og‘ir xastalikdan aziyat chekayotgan fuqarolar va ularning oila a’zolariga katta quvonch bag‘ishlamoqda. Davolanish xarajatlarining qoplanishi ularga nafaqat moddiy yengillik, balki ertangi kunga ishonch va umid baxsh etmoqda. Mazkur amaliy yordam aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ehtiyojmand insonlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning salomatligini asrash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Xilola Inotullayeva,

Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi

Surxondaryo filiali qabul qilish va diagnostika bo‘limi hamshirasi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun