Patent narxi oshiriladimi?

Date:

Rossiya hukumati vizasiz mamlakatlardan kelgan mehnat migrantlari uchun yangi moliyaviy talablarni joriy etishni ko‘rib chiqmoqda. Tashabbusga ko‘ra, migrantlar endi nafaqat o‘z patentlari, balki voyaga yetmagan farzandlari va qaramoqidagi oila a’zolari uchun ham qo‘shimcha to‘lov qilishi lozim bo‘ladi — har biri uchun patent qiymatining 50 foizi.

Patent narxi hududga qarab 3,4 ming rubldan 27,3 ming rublgacha farq qiladi, Moskva shahrida esa taxminan 10 ming rubl. Voyaga yetgan farzandlar esa o‘z patentini rasmiylashtirmasa yoki qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmasa, mamlakatni tark etishi kerak bo‘ladi.

Ushbu talab “shaxsiy yoki uy ehtiyojlari” uchun ishlayotgan migrantlarga ham tatbiq etilishi mumkin. Tashabbus hozirda hukumatda muhokama qilinmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maktablarimizda 56 nafar xorijiy pedagog faoliyat yuritmoqda

Surxondaryo viloyatidagi umumta’lim maktablariga ilg‘or xorijiy ta’lim tajribalarini joriy...

Qishki tayyorgarlikdan yirik loyihalargacha

Surxondaryo viloyatida aholini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan...

Sherobod — anor yetishtirish markazi

Surxondaryo viloyatidagi 9 ming gektar anorzorning 5 ming gektari...

Internetdagi har bir harakat uchun javobgarlik bor

Bugun internet axborot olish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish uchun...
KunTun
KunTun