Kitobxonlar uchun tuhfa

Date:

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543-yilligi munosabati bilan “Boburnoma”ning qirgʻiz tiliga tarjima qilindi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga koʻra chop etilgan “Bobur asarlari lugʻati” va “Turkiy boburshunoslik” kitoblari chop etildi.

Aytish kerakki, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari dunyodagi 20 dan ortiq tilda, 40 dan ziyod variantda mavjud. Asar turkiy tillardan turk, ozarbayjon, uygʻur va qozoq tillariga tarjima qilingan. Qirgʻiz tilidagi ushbu tarjima esa qirgʻizistonlik boburshunos olima, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Xosiyat Bekmirzayeva tomonidan amalga oshirilgan.

Qirgʻizistonning “Ulu toolor” nashriyoti tomonidan chop etilgan ushbu tarjimaga bir guruh qirgʻiz va oʻzbek olimlar muharrirlik qilgan. Xususan, olim va jurnalist Toʻlanboy Qurbanov, qirgʻiz yozuvchisi Abibilla Pazilov adabiy tahrir ishlarini bajargan.

Lugʻat, oʻzbek tili milliy korpusining tarixiy qatlamga oid lingvistik taʼminoti sifatida ham amaliy ahamiyatga egaligi, ilmiy xodimlar, oliy oʻquv yurtlari filologiya fakultetlari professor-oʻqituvchilari, talabalari va Bobur ijodi ixlosmandlariga moʻljallangan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Shved instituti bilan yangi loyihalar amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi hamda Shvetsiyaning...

“Ezgulik — yurakdan yurakka”

Jamiyatda mehr-oqibat, insonparvarlik va o‘zaro ko‘mak muhitini mustahkamlash maqsadida...

“Kitob karvoni” yo‘lga chiqdi

O‘zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan kitobxonlar uchun yana...

Surxondaryoliklar mukofotlandi

Prezidentimizning tegishli Farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi...
KunTun
KunTun