“Eng faol kitobxon o‘quvchi” kim?

Date:

Surxondaryo viloyatida o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan “Eng faol kitobxon o‘quvchi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tanlovda tuman va shaharlardan saralab olingan eng faol kitobxon o‘quvchilar o‘zaro bellashib, o‘qigan asarlari, adabiyotga bo‘lgan qiziqishi hamda bilim saviyasini namoyon etdilar.

Ishtirokchilar 2 ta shart asosida baholandi. Jumladan, test sinovi orqali ularning Vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, buyuk alloma va adiblarimiz hayoti hamda ijodi bo‘yicha bilimlari sinovdan o‘tkazilgan bo‘lsa, tezkor savol-javob sharti orqali ishtirokchilarning mantiqiy fikrlashi, hozirjavobligi va kitobxonlik saviyasi baholandi. Yakunda eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchilar g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi hamda munosib taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun