Brakoner ushlandi

Date:

Uzun tumanidagi Bobotog‘ milliy tabiat bog‘i hududida brakoner qo‘lga olindi. U “Qizil kitob”ga kiritilgan Buxoro tog‘ kiyigini noqonuniy ravishda ovlagan. Ushlangan shaxsning yonidan 21 kilogramm go‘sht aniqlangan.

Holat Bobotog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligi xodimlari tomonidan fosh etilib, gumonlanuvchilar Uzun tumani Ichki ishlar bo‘limi hamda Ekologiya bo‘limiga topshirilgan. Qayd etilishicha, milliy tabiat bog‘ida ayrim mas’ul shaxslar o‘z vakolat va mansabidan foydalanib, tabiat boyliklariga zarar yetkazmoqda, aynan bu haqidagi ma’lumotlar jiddiy tekshiruvni talab qiladi.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun