Latviyada malaka oshirdi

Date:

Davlat boshqaruvi tizimi samaradorligini oshirish va kadrlar salohiyatini yuksaltirish maqsadida Latviya Respublikasida davlat xizmatchilari uchun malaka oshirish seminari tashkil etildi. Unda Denov tumani hokimligining Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Ozoda Karimova ham ishtirok etdi.

Mazkur seminar Boshqaruv samaradorligi agentligi tashabbusi bilan, Latviya Markaziy moliya va shartnomalar agentligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Samarali boshqaruv” dasturi doirasida amalga oshirildi.

Seminar davomida davlat boshqaruvida ilg‘or xalqaro tajribalar, strategik rejalashtirish, samaradorlikni baholash va innovatsion yondashuvlar bo‘yicha bilimlar berildi. Ushbu loyiha O‘zbekistonda zamonaviy, natijador va ochiq davlat boshqaruvini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun