Muhim masalalar muhokama qilindi

Date:

Surxondaryo viloyatida Respublika idoralararo muvofiqlashtirish shtabining sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev hamda Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Botir Qudratxodjayev rahbarlik qildi.

Yig‘ilishda Prezidentimizning 2026-yil 5-yanvardagi mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish va jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasiga qaratilgan PQ–1 va PQ–2-sonli qarorlari ijrosi muhokama qilindi. Kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan tadbirda vazirlik va idoralar, huquq-tartibot organlari, jamoat tashkilotlari hamda ta’lim muassasalari mas’ullari ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida mahallalarda “manzilli ishlash” tizimini samarali joriy etish, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Tadbir yakunida mas’ul idoralar faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan tegishli qaror qabul qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun