Voha xabarlari

Date:

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hududida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan buyuk shoir va mutafakkir sharafiga o‘rnatilgan haykalning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu haykalning qad rostlashi buyuk ajdodimizga ko‘rsatilayotgan cheksiz ehtirom namunasidir.

***

Jarqo‘rg‘on va Qumqo‘rg‘on tumanlari chegarasidagi “Navbahor” mahallasiga kirish qismida, ya’ni G‘ishtko‘prik (Iskandarko‘prik) yonida ramziy inshoot — stella qurish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur ramziy inshoot zamonaviy va milliy ruhni uyg‘unlashtirgan me’moriy qiyofani shakllantirib, mehmonlar uchun jozibadorlikni oshirishga xizmat qiladi.

***

termiz shahridagi “Guliston” mahallasida ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan hamda xalqaro ahamiyatga ega “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ko‘chat ekish tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga tumanlar studiyalari ham ulanib, viloyat bo‘ylab jami 750 ming tup daraxt ko‘chatini ekish ishlariga start berildi.

***

Termiz tumanidaGI “Sabzipoya” mahallasi hududida joylashgan, maydoni 7,2 gektar bo‘lgan sobiq oromgoh o‘rnida Termiz davlat universiteti huzurida zamonaviy dam olish maskanini tashkil etish ishlari boshlanish arafasida. Loyiha ishga tushsa, talaba-yoshlar, professor-o‘qituvchilarning munosib hordiq chiqarishi, ijodiy ishlari bilan shug‘ullanishida ilhom manbayi bo‘lishi aniq.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun