Novvoyning holiga  voy

Date:

Giyohvand moddalarni iste’mol qilish insonni zalolatga, salomatlikdan ayrilish va jinoyatga yetaklashi hammamizga ma’lum. Zahri qotilni tarqatish, sotish esa katta jinoyat.

Asad Qarshiyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) 44 yoshni qarshilagan, 4 nafar farzandni otasi, topish-tutishi ham yomon emas. Ancha yillardan buyon novvoylik bilan shug‘ullanib kelardi. Lekin halol mehnat va peshona teri evaziga topayotgan daromadi ko‘ziga oz ko‘rindimi, oson va mo‘may pul topmoqchi bo‘ldi.  

Nega deysizmi? Asad 2024-yilning bahor faslida o‘zi istiqomat qilib kelgan Denov tumanidagi uyining tomorqasida “marixuana” giyohvandlik vositasi urug‘ini ekib, shundan o‘sib chiqqan ikki tup ko‘chatini parvarishlaydi. Og‘uni yetishtirganidan so‘ng, uni o‘rib olib, keyinchalik sotishni maqsad qiladi. Oradan bir necha oy o‘tib, saqlab kelgan og‘ularini jami 231 dona gugurt qutisiga qadoqlab qo‘yadi. 

Tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida A.Qarshiyevning Termiz shahridagi xonadoni ko‘zdan kechirilganida, u saqlab kelayotgan giyohvandlik vositasining barchasi topilib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olinadi.

Albatta, hech bir jinoyat jazosiz qolmaydi. Asad Qarshiyev Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari  bilan aybdor deb topib, 10 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu uning qilmishlariga chek qo‘ydi.

ODIL NORMAHMATOV,

Surxondaryo viloyat sudi raisi o‘rinbosari,

jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati raisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun