Foydalanish taqiqlanadi

Date:

Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq, 2026-yil 1-fevraldan boshlab ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan oshgan transport vositalaridan foydalanish va ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi. Ushbu transportlar davlat ro‘yxatidan chiqariladi.

Shuningdek, umumiy vazni 44 tonnadan ortiq yuk avtomobillari, kon va karyerlarda foydalaniladigan maxsus texnikalar, yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar hamda “antikvar” avtomobillar uchun alohida seriyali davlat raqam belgilari joriy etiladi.

Bundan tashqari, avtomobil ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasida mulkdorning manzilini ko‘rsatish talabi bekor qilinib, zarur hujjatlarni idoralararo elektron tizim orqali olish yo‘lga qo‘yiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun