Tushuntirish ishlari olib borildi

Date:

“Migratsion profilaktika” oyligi doirasida Muzrabot tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektorlari tomonidan aholi o‘rtasida mehnat migratsiyasi qoidalari hamda qonuniy tartib-taomillarga oid keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.

Tadbir davomida fuqarolarga xorijiy davlatlarda mavjud mehnat imkoniyatlari, ularning qonuniy yo‘llari, shuningdek, mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq ehtimoliy xavf-xatarlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar, fuqarolarning huquq va majburiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, favqulodda holatlar yoki mehnat nizolari kelib chiqqan taqdirda murojaat qilish tartibi izohlanib, fuqarolarga mazkur mavzuda eslatma bukletlari va flayerlar tarqatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun