Maktab qurilishi qanday ketmoqda?

Date:

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida 2025-yilgi Investitsiya dasturi asosida 504 o‘rinli o‘quv binosi, 222 o‘rinli yotoqxona hamda zamonaviy sport zalni o‘z ichiga olgan ixtisoslashtirilgan maktab-internati barpo etilayotganidan xabaringiz bor. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur loyiha obyektida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati bilan tanishdi. Mas’ullar tomonidan loyiha doirasida qurilgan bino va inshootlar, shuningdek, keyingi bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda qolayotgani qayd etilib, ishlarni jadallashtirish, sifat ko‘rsatkichlariga qat’iy e’tibor qaratish, barcha zarur infratuzilmalarni to‘liq yaratgan holda obyektni belgilangan muddatda foydalanishga topshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Shuningdek, viloyat rahbariga hududda barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joylar va boshqa ijtimoiy loyihalarning ijrosi yuzasidan ham axborot berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun