Qishloq xo‘jaligi ishlari tahlil qilindi

Date:

Angor tumanida qishloq xo‘jaligi sohasida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi. Qishki tinim davridan samarali foydalanish maqsadida qishloq xo‘jaligi texnikalarini saqlovga qo‘yish, ta’mirlash hamda kelgusi mavsumga tayyorlash ishlari reja asosida olib borilmoqda.

Shuningdek, ekin maydonlarida agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, xususan, g‘allazorlarni parvarishlash va yerlarni mahalliy o‘g‘itlar bilan oziqlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tumanga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi hamda mas’ullar, fermer va klasterlar rahbarlari bilan uchrashuvda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalarni belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun