Investitsion loyiha muhokama qilindi

Date:

Prezidentimiz tashabbuslari asosida xalqaro iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hamda nufuzli xorijiy kompaniyalar ishtirokida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Mazkur siyosat doirasida respublika hududlarida turli sohalarni qamrab olgan yirik investitsion loyihalar izchil amalga oshirilmoqda.

Ana shu vazifalar ijrosi doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Birlashgan Arab Amirliklarining “Katawazi Group of Companies” kompaniyasi raisi o‘rinbosari Nurullax Katavazay boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Uchrashuvda kompaniya raisi Muhammad Mirza Katavazay “Zoom” platformasi orqali ishtirok etdi. Qator sohalarda faoliyat yurituvchi mazkur yirik kompaniya bilan viloyatimiz hududida qimmatbaho metall rudalarini qayta ishlashga qaratilgan investitsion loyihani amalga oshirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Yakunda tomonlar loyihani amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishib, texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqish, loyihani bosqichma-bosqich joriy etish hamda tashkiliy-huquqiy masalalar bo‘yicha amaliy ishlarni boshlashga kelishib oldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun