Mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqda

Date:

Muzrabot tumanidagi 15 ta mahallaning har birida infratuzilmani rivojlantirish ishlari jadal davom etmoqda. Jumladan, “Darband” mahallasida aholi qulayligi uchun qator muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.

4 kilometr piyodalar yo‘lakchasi qurish va energiya tejovchi tungi yoritish chiroqlari bilan jihozlash ishlari qizgʻin tus olgan.

39-sonli maktabni rekonstruksiya qilish, 120 o’rinli qo’shimcha yangi bino va 50 o’rinli oshxona qurish ishlari boshlanib, 11 kilometr asosiy va ichki yo‘llar asfaltlanmoqda.

Shuningdek, ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, 13 kilometr elektr tarmoqlarini mukammal ta’mirlash hamda 250 kVA quvvatga ega 3 ta transformator o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun