Ehtiyojga yarasha taklif

Date:

Yangi yil bayrami munosabati bilan Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalari tashkil etildi. Ularda savdo jarayonlarining tartibli va xavfsiz olib borilishi, shuningdek, sifatli mahsulotlarning barqaror va maqbul narxlarda sotilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahridagi “Yashil dunyo” markaziy dehqon bozorida tashkil etilgan bayram yarmarkasi faoliyati bilan tanishdi. Ma’sullar tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi doirasida tartib-intizom va xavfsizlikni ta’minlash, sotuvchi hamda xaridorlar uchun qulay sharoitlar yaratish borasida axborot berildi.

Viloyat rahbari barcha hududlardagi bayram yarmarkalarida aholi ehtiyojidan kelib chiqqan holda mahsulotlarni yetarli miqdorda va arzon narxlarda sotilishini ta’minlash, asosiy e’tiborni esa bayram dasturxoni uchun zarur bo‘lgan barcha turdagi mahsulotlar bo‘lishiga qaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Shuningdek, mas’ul tuzilmalarga bozorlar, savdo markazlari va yarmarkalarda yong‘in hamda texnika xavfsizligini mukammal daraja ta’minlash, jamoat tartibini kuchaytirish bo‘yicha alohida vazifalar yuklandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Polvonlarimiz bo‘sh kelmadi

Prezident Olimpiadasida Surxondaryo sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etib, ayollar kurashi...

Sahnada san’ati namoyon

Raqs — milliy qadriyatlar, nafislik va iste’dod mujassam bo‘lgan...

Xizmat ortidagi tayanch — ahil oila

Oila totuvligi, farzandlar quvonchi va ularning beg‘ubor kulgisi inson...

Taekvondochilarimiz xalqaro maydonda

Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida Olimpiya o‘yinlari dasturidan o‘rin...
KunTun
KunTun