Tabiatga qaytariladi

Date:

Sherobod tumanining “Xo‘jaqiya” mahallasida aholi xonadoniga kirib qolgan oq boshli qumoy fuqaro tomonidan ehtiyotkorlik bilan parvarish qilinib, viloyat Ekologiya va iqlim o‘zgarishi boshqarmasiga ko‘ngilli ravishda topshirildi. Qush belgilangan tartibda Termiz hayvonot bog‘iga yetkazildi va hozirda karantinga olingan. To‘liq sog‘ayib, tabiiy sharoitga moslashuvi ta’minlangach, u yana tabiatga qaytariladi.

Oq boshli qumoy tabiatda muhim ekologik vazifani bajaruvchi qush hisoblanadi. U sanitariya turi sifatida asosan o‘limtiklar bilan oziqlanib, atrof-muhitni biologik tozalashda hamda turli yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois mazkur turning muhofazasi ekotizim barqarorligini ta’minlashda alohida o‘rin tutadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun