“Yil ayoli – 2025”: g‘oliblar aniq

Date:

Yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirishga qaratilgan islohotlar natijasida turli sohalarda fidoyi, bilimli va tashabbuskor ayollar saflari kengayib bormoqda. Ana shunday e’tirof namunasi sifatida “Yil ayoli – 2025” milliy tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi.

Quvonarlisi, mazkur tanlovda Surxondaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Umida  Begmatova faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Prokuratura organlarida 11 yildan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan Umida Begmatovaning qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyati yuqori baholandi.

Shuningdek, 2025-yil 10–13-dekabr kunlari Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V Paraosiyo o‘yinlarida 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchi Husniya Olimjonovaning onasi — Nigora Sidiqova “Matonatli ayol” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

Ushbu e’tirof ayollarning oila, jamiyat va yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rnini yana bir bor tasdiqladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun