Surxondaryoning salohiyati toʻliq ishga solinadi

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ish oʻrinlarini yaratish va kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.

Yaratilgan shart-sharoitlar va berilgan imtiyozlar hisobiga soʻnggi sakkiz yilda viloyatga 3 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb qilingan, 4 mingta sanoat korxonasi ishga tushirilgan. Sanoat hajmi ikki barobarga oshib, joriy yilda 17,2 trillion soʻmga yetishi kutilmoqda. Charm-poyabzal, zargarlik, qurilish materiallari va farmatsevtika kabi yangi tarmoqlar shakllangan.

Kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha ham yaxshi natijalarga erishildi. Joriy yilda 126 ming oila kambagʻallikdan chiqarilib, kambagʻallik darajasi 9,3 foizdan 5,6 foizgacha pasayishi kutilmoqda. “Toʻpalang” suv omboridan quvur tortish orqali Sherobod, Boysun, Bandixon, Muzrabot, Oltinsoy, Angor, Jarqoʻrgʻon va Denov tumanlarida yashovchi 2 million aholining ichimlik suv muammosi toʻliq hal etilgan.

Yigʻilishda Surxondaryo viloyati hokimi shu kabi imkoniyatlarni ishga solish boʻyicha rejalarini taqdimot qildi.

Davlatimiz rahbari hududda yoʻllarni taʼmirlash, uy-joy qurish va ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash boʻyicha ham koʻrsatmalar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

BEPUL DORI-DARMON VA TIBBIY XIZMAT SIFATI NAZORATDA

Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish va ehtiyojmand fuqarolarni bepul...

PEDAGOGLAR FARZANDLARIGA KONTRAKT UCHUN 30 FOIZ CHEGIRMA

Pedagoglarning ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishini kuchaytirish maqsadida ularning farzandlari uchun oliy...

ZO‘RAVONLIK UCHUN JAVOBGARLIK KUCHAYTIRILDI

Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim muhitida...

Hayot uchun joy ajrating!

Termiz shahridagi “Amudaryo” oromgohi va “Guliston” MFY hududida “World...
KunTun
KunTun