Voha xabarlari

Date:

Respublika Ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali birinchilardan bo‘lib, nufuzli xalqaro “Sog‘liqni saqlash sohasida sifat bo‘yicha akkreditatsiya markazi” (Accreditation Centre for Quality in Healthcare) tomonidan muvaffaqiyatli ravishda akkreditatsiyadan o‘tkazildi. Bu guvohnoma filial tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligining xalqaro darajada tan olinganligini anglatadi.

***
BAnDIXON tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Jamshid Xolmurotov 1400 SAT superscore ballni qo‘lga kiritdi. Bu ball bilan Jamshid dunyoning Top 50 talik universitetlariga ham hech ikkilanmasdan hujjat topshirishi mumkin.

***
DENOV tumanida ko‘makka muhtoj, ehtiyojmand oilalarning 17 nafar farzandiga sunnat to‘yi o‘tkazib berildi. Yangi yil bayrami arafasida saxovatpesha tadbirkor Adhamjon Maqsudov oilalarga ko‘mak berish, mehr-saxovat ko‘rsatishdek xayrli ishlarning
bir namunasini namoyish etdi.

***
Termiz tumanida barpo etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” massiviga tutash hududda “Texno Park” loyihasi amalga oshirilmoqda. Mazkur loyihaning birinchi bosqichi doirasida yengil konstruksiyali, zamonaviy qurilish materiallaridan barpo etilgan umumiy qiymati 65 milliard so‘mlik savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari foydalanishga topshirildi. Loyiha 50 kun mobaynida qurib bitkazildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun