Yangi va innovatsion yondashuv

Date:

Yaponiya Ilmiy-texnologik rivojlanish instituti olimlari olib borgan tadqiqotlar davomida qurbaqalar, kaltakesaklar hamda tritonlar ichagida saraton hujayralariga qarshi kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi bakteriyalar mavjudligini aniqladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, eng yuqori faollik yapon qurbaqalaridan ajratib olingan Ewingella americana bakteriyasida kuzatilgan. Ushbu bakteriya yo‘g‘on ichak saratoniga chalingan sichqonlar ustida o‘tkazilgan tajribalarda sinovdan o‘tkazildi.

Olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bakteriyaning bir martalik vena ichiga yuborilishi barcha tajriba hayvonlarida o‘smaning to‘liq yo‘qolishiga olib kelgan. Bu natija immunoterapiya va kimyoterapiya kabi an’anaviy davolash usullariga nisbatan ancha samaraliroq ekani bilan e’tiborni tortdi.

Mazkur ilmiy kashfiyot kelajakda saraton kasalligini davolashda yangi va innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish uchun muhim poydevor bo‘lishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

My.gov.uz:  navbatdagi  qulaylik

Endilikda fuqarolar  pensiya to`lovlarini  bank kartasidan  naqd pul shakliga ...

Samarali hamkorlik

Nazariy bilimlar auditoriyada berilganidan ko‘ra, noan’anaviy tarzda tashkil etilsa,...

Qizlar to‘p suradi

Yurtimizda ilk bor o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha tashkil...

Temuriylar davri aks etadi

Qatar poytaxti Dohada Afg‘onistonning 5 ming yildan ortiq tarixi...
KunTun
KunTun