Nuruya g‘olib

Date:

Termiz shahridagi Surxon stadionida bo‘lib o‘tgan viloyat birinchiligi musobaqasi yosh sportchilarning mahorati va g‘alabaga bo‘lgan intilishlarini yana bir bor namoyon etdi. Ushbu nufuzli musobaqada maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etib, munosib natijalarga erishdilar.

Yosh sportchilar o‘z iqtidorlari, mehnatsevarligi va sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdi. Uzun tumanidagi 6-maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Nuruya Ishmurotova musobaqada eng yuqori natijani qayd etib, 1-o‘rinni egalladi.

Mazkur yutuq yosh avlodning sportga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib borayotganini, shuningdek, ustoz-murabbiylarning fidokorona mehnati samaradorligini yaqqol ko‘rsatib berdi. Bu kabi g‘alabalar kelajakda yurtimiz sporti rivoji uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun