Yolg‘on chegirmalar uchun jarima bor

Date:

Raqobat qo‘mitasi Yangi yil arafasida chakana savdoda yolg‘on chegirmalar va noto‘g‘ri ma’lumot berilishiga qarshi nazoratni kuchaytirmoqda. Joriy yilda qo‘mitaga 48 mingdan ortiq murojaat tushgan bo‘lib, aksar shikoyatlar — noto‘g‘ri narx va chegirma ma’lumotlariga oid.

Qoidalarga ko‘ra, sotuvchilar:

– chegirmani oxirgi 30 kun ichidagi eng past narx asosida belgilashi;

– chegirma muddati, miqdori va shartlarini aniq ko‘rsatishi;

– mahsulot soni cheklangan bo‘lsa, xaridorni oldindan ogohlantirishi;

– xaridor talab qilsa, avvalgi narx bo‘yicha dalil taqdim etishi;

– aksiya shartlarini o‘zgartirmasdan haqiqiy amal qilishini ta’minlashi shart.

Shuningdek, alkogol, tamaki, BADlar, dori vositalari va energetik ichimliklar bo‘yicha chegirmalar taqiqlanadi. Qoidalar buzilsa, javobgarlik va jarimalar qo‘llanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun