Farovonlik garovi

Date:

Har bir davlatning mustahkam poydevori, xalqning farovon hayoti, erkinligi va huquqlarining ishonchli kafolati — bu Konstitutsiyasidir.O‘zbekiston Respublika-sining Konstitutsiyasi esa nafaqat huquqiy hujjat, balki jamiyat taraqqiyotining bosh mezoni, inson qadrini ulug‘lovchi, adolat va demokratik tamoyillarni mustahkamlovchi asosiy manbadir. Yangi O‘zbekis-ton taraqqiyoti jarayonida Konstitutsiyamiz insonni — eng oliy qiymat sifatida e’tirof etdi. Bu tamoyil hujjatning birinchi moddala-ridan boshlab har bir bo‘limda o‘z aksini topgan. Xususan: Konstitutsiyaning 2-moddasida: “Davlat xalq irodasini ifoda etadi va unga xizmat qiladi”, degan qoida belgilangan. Bu esa davlat boshqaruvining markazida xalq turishini anglatadi.
Erkinlik — insonning tabiiy huquqi. Konstitutsiyaning 18-moddasida barcha fuqarolar huquqlari teng ekani aniq belgilangan. Bu norma O‘zbekistonda kamsitishga yo‘l qo‘yilmas-ligi, har bir fuqaro teng himoya qilinishini kafolat-laydi. Konstitutsiya — oddiy hujjat emas. U bizning erkin hayotimiz, huquqlarimiz, farovonligimiz va kelajagimiz kafolatidir. Undagi har bir modda insonning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotda to‘laqonli ishtirok etishi uchun keng yo‘l ochadi. Demokratiyaning eng muhim belgilaridan biri – xalqning davlat boshqaruvidagi ishtiroki. Konstitutsiyada belgilab qo‘yilganidek, fuqarolarning referendumlarda, jamoat-chilik muhokamalarida, saylovlarda faol qatnashish huquqi mustahkamlangan. Bu norma jamiyatdagi o‘zga-rishlar, islohotlar aynan xalq fikri bilan belgilanishini anglatadi. Fuqarolar faolligi qanchalik kuchli bo‘lsa, davlat boshqaruvi ham shunchalik adolatli va samarali bo‘ladi.
Konstitutsiya nafaqat davlat organlariga, balki har bir fuqaro zimmasiga ham mas’uliyat yuklaydi. Huquqga ega bo‘lish bilan birga, jamiyat oldidagi burchlarni ado etish, qonunlarga rioya qilish, boshqalarning huquqlarini hurmat qilish — farovon jami-yatning ajralmas qismidir. O‘zbekiston bugun katta o‘zgarishlar davridan o‘tmoqda. Modernizatsiya, islohotlar, yangilanish jarayonlarining muvaffaqiyati, avvalo, konstitutsiyaga asoslangan huquqiy madaniyatga bog‘liq. Har bir fuqaroning o‘z huquqini bilishi, faolligi, Vatanga mas’uliyatli yondashuvi — davlatning ertangi yutug‘ini belgilaydi. Shu ma’noda, Konstitutsiya – bugungi kunimizning ishonchi, ertangi farovonligi-mizning kafolati. Undagi har bir norma, har bir modda bizni erkinlik, adolat va barqa-ror taraqqiyot sari yetaklaydi.
Qonun ustuvor bo‘lgan jamiyatda adolat qaror topadi, adolat bor joyda esa barqarorlik va farovonlik bo‘ladi. Shu bois Konstitutsiya — bugungi kunimiz-ning ishonchi, ertangi taraqqiyotimizning kafolati, yangi avlod uchun esa mustahkam ma’naviy va huquqiy tayanchdir.

Islom Ramazonov,
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat Kengashi Jamoatchilik va OAV bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

VOHA BO‘YLAB

Boysun tumanidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining qo‘shimcha o‘quv...

Sun’iy intellekt ta’lim standartlariga moslashtirilsa…

XXI asrda ta’lim tizimi raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lanib...

CHAG‘ONRUDDAN SURXONDARYOGACHA…

Surxondaryo — O‘zbekiston janubidagi eng muhim daryolardan biri bo‘lib,...

Me’yorni qachon o‘rganamiz? yoxud to‘y va ma’rakalarda ortiqcha dabdabaning oldini olish –islomiy tarbiyaning muhim talabidir

O‘zbek azal-azaldan bolajon xalq. Qarindosh-urug‘i ko‘p. Bu yurtda bo‘ladigan...
KunTun
KunTun