Demokratiya talabi

Date:

Korrupsiya – har qanday rivojlangan qudratli davlatlar uchun ham eng xatarli illat sanaladi. Zang temirni yemirgani singari korrupsiya ham davlatchilikni ich-ichidan yemiradi. Rivojlangan davlatlar demokratik ustunlik bois taraqqiy etgani yoki qoloq davlatlar korrupsiya sababli iqtisodiy inqirozga yuz tutayotganligi isbot talab qilinmaydigan haqiqatdir. Mustaqil huquqiy-demokratik davlat sifatida bizning mamlakatimizda ham qonunlarga so‘zsiz amal qilinadi. Shuningdek, barcha qonunlar jamlanmasini tartibga solib turuvchi yagona hujjat – bu Konstitutsiyadir. Mamlakatimizda konstitutsiyaviylikni ta’minlash, qonunlarga bo‘ysunish, insonlarning haq-huquqlarini himoya qilish jamiyat oldidagi muhim vazifalardan biridir. Bu ko‘p jihatdan demokratiya hamda so‘z erkinligi tamoyillariga amal qilinishi, qonunlarning qay darajada mustahkamligi, sud va huquq-tartibot organlarining xolisligiga bog‘liq jarayon hisoblanadi.
Kuni kecha viloyat Ma’muriy sudi binosida bo‘lib o‘tgan “Ochiq eshiklar kuni”da shu kabi mavzularda so‘z bordi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘ttiz uch yilligini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, fuqarolarni unda belgilangan ezgu qadriyatlar atrofida birlashtirish, “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan ma’naviy-ma’rifiy hamda boshqa tadbirlarni samarali tashkil etish maqsadida 2025-yil 21-noyabrda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respub-likasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoni hamda 9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan edi. Shu munosabat bilan Termiz davlat pedagogika instituti talabalari, jamoatchilik vakillari, OAV hamda blogerlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda viloyat Ma’muriy sudi raisi R. G‘ulomov, sudyalar:
A. Muhiddinov, H. Hakimov hamda D. Jo‘rayevlar so‘zga chiqib, bugungi kunda sudlarda olib borilayotgan islohotlar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Uchrashuv erkin muloqot va suhbat tarzida o‘tdi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

X. Tog‘aymurodov

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

VOHA BO‘YLAB

Boysun tumanidagi 35-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining qo‘shimcha o‘quv...

Sun’iy intellekt ta’lim standartlariga moslashtirilsa…

XXI asrda ta’lim tizimi raqamli texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lanib...

CHAG‘ONRUDDAN SURXONDARYOGACHA…

Surxondaryo — O‘zbekiston janubidagi eng muhim daryolardan biri bo‘lib,...

Me’yorni qachon o‘rganamiz? yoxud to‘y va ma’rakalarda ortiqcha dabdabaning oldini olish –islomiy tarbiyaning muhim talabidir

O‘zbek azal-azaldan bolajon xalq. Qarindosh-urug‘i ko‘p. Bu yurtda bo‘ladigan...
KunTun
KunTun