25 nafar yosh ishli boʻldi

Date:

Sho‘rchi tumanida tashabbuskor tadbirkor Muhriddin Abdullayev tomonidan barpo etilgan zamonaviy xizmat ko‘rsatish maskani o‘z faoliyatini boshladi. Loyihaning eng quvonarli jihati — bu yerda 25 nafar yoshlar doimiy ish o‘rniga ega bo‘ldi.

Mazkur maskan aholiga yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish, milliy va xorijiy taomlarni tayyorlab taqdim etish, mehmonlar uchun qulay va shinam muhit yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Oilaviy yig‘ilishlar, turli tadbirlar va uchrashuvlar o‘tkazish uchun maxsus zallar, malakali oshpazlar va sifatli servis tizimi ham joriy etilgan.

Shuningdek, bolajonlar uchun mo‘ljallangan o‘yin maydonchasining mavjudligi ham ushbu maskanni aholiga yanada qulay va ma’qul joyga aylantirmoqda. Ushbu tashabbus nafaqat sifatli xizmat, balki yoshlar bandligini ta’minlash orqali tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun