Yaxshi dam, mehnatga hamdam

Date:

Sariosiyo tumani hokimligi hamkorligida harbiy xizmatchilarning dam olish kunlarini mazmunli va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazish maqsadida “Yangi O‘zbekiston” istirohat bog‘idagi kinoteatr binosida DXX CHQ harbiy xizmatchilari uchun maxsus tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida vatanparvarlik ruhidagi va kayfiyatni ko‘taruvchi badiiy filmlar namoyish etilib, harbiy xizmatchilarga maroqli dam olish imkoniyati yaratildi.

Mazkur tadbirlar harbiylarimizning ruhiy olamini boyitish, ularning stressdan xalos bo‘lishi va chegara xizmatini bajarishda yangi kuch va ilhom olishiga xizmat qiladi. Shuningdek, bunday tashabbuslar harbiy xizmatchilar va jamiyat o‘rtasidagi aloqani mustahkamlash, ularga ko‘rsatiladigan e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada oshirishga ham xizmat qiladi.

Tuman hokimligi va tashkilotchilar ushbu tadbirlar orqali harbiylarimizning ijtimoiy va ma’naviy ehtiyojlariga e’tibor qaratayotganini namoyish etib, ularning mashaqqatli xizmatini qadrlash va ruhlantirishga intilmoqda. Bu kabi tadbirlar kelgusida ham muntazam ravishda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, harbiy xizmatchilar uchun ko‘tarinki va maroqli muhit yaratishda muhim vosita sifatida baholanmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun