“Konstitutsiya – tenglik va adolat garovi!”

Date:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Termiz shahridagi Sanʼat saroyida yurtimizda huquqiy demokratik jamiyat barpo etish yo‘lidagi eng ulkan qadamlardan biri — Bosh qomusimizning yaratilishi va hayotga tatbiq etilishiga bag‘ishlangan katta bayram tadbiri o‘tkazildi.

“Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!” shiori ostida oʻtgan tadbir yig‘ilganlarga faxr va g‘urur tuyg‘usini ulashdi.

Bayram tadbirini Surxondaryo viloyati prokurori B. Babadjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi ahamiyati, unda belgilangan asosiy tamoyillar — inson qadri yuksakligi, adolat ustuvorligi, qonun oldida tenglik, fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlari haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Shuningdek, Bosh qomusimizning xalqimiz erkinligini, bugungi yangi O‘zbekiston taraqqiyotida konstitutsion islohotlarning muhim ahamiyat kasb etayotgani qayd etildi. Prokuror barcha ishtirokchilarni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy tabriklab, Vatan taraqqiyotiga hissa qo‘shayotgan fuqarolarni faxr bilan tilga oldi.

Tadbirning davomi badiiy chiqishlar bilan yanada fayzli tus oldi. Viloyatimizning iste’dodli san’atkorlari, madaniyat markazi xonandalari, folklor jamoalari va ansambllarining chiqishlari, kuy-qo‘shiqlari tomoshabinlarni bayramona kayfiyatga chorladi. San’at saroyidagi badiiy muhit Konstitutsiya bayramining yanada tantanavor va xalqona o‘tishini taʼminladi.

Taʼkidlash joizki, bugun amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy islohotlarning barchasi Bosh qomusimizda belgilangan tamoyillardan kelib chiqadi.

O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida Konstitutsiya inson huquqlarini himoya qiluvchi, yoshlar kelajagini kafolatlovchi, jamiyatda adolat va tenglikni ta’minlovchi asosiy mezon bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘tkazilgan ushbu tadbir esa Konstitutsiyaning hayotimizdagi ulkan ahamiyatini yana bir bor yodga soldi.

S.Normurodova,

B.Meyliyev

(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun