Aksiya boshlandi

Date:

Jarqo‘rg‘on tumani Alisher Navoiy mahallasida “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasidagi navbatdagi ko‘chat ekish ishlari tantanali tarzda boshlandi. Mahalla ko‘chalari bo‘ylab manzarali, soyabop va mevali daraxtlar ekilib, hududning ekologik barqarorligini oshirish hamda aholi uchun yanada qulay muhit yaratish maqsad qilindi.

Tadbirda nuroniylar, yoshlar, ko‘cha boshilari va tashabbuskor fuqarolar faol ishtirok etib, ko‘chat ekish, yer yumshatish va sug‘orish ishlarida yelkama-yelka mehnat qilishdi. Nuroniylar yoshlar uchun o‘rnak bo‘lib, har bir ekilgan niholning kelajak avlod uchun ahamiyatini ta’kidlashdi.

Ushbu obodonlashtirish jarayoni mahallaning ko‘rkamligini oshirish bilan birga, aholida ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi. “Har bir ekilgan nihol — kelajakka sarmoya” tamoyili asosida ishlar izchil davom ettiriladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vatanni sevmoq — ota merosdir, mardlarga xosdir

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni O‘zbekistonning zamonaviy davlatchiligi va...

Mas’uliyatli 7 yil

Xalqning xohish-irodasini ifoda etishda davlat va nodavlat tashkilotlarining o‘rni...

Ustuvor olti yo‘nalish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan navbatdagi...

“Senga Qorbobodan sovg‘a jo‘nataman…”

Albatta, yangi yil ko‘ngil xotirjamligi, oila davrasida, yaqinlar diydorlashuvi...
KunTun
KunTun