Muammolar e’tiborda

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning aholi va tadbirkorlar bilan muloqoti chog‘ida Angor tumanidagi “Kattaqum” va “Qadimiy Angor” mahallalari aholisi hududdagi infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni hal etishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Viloyat hokimi mazkur murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni joyida o‘rganish maqsadida mas’ullar bilan ushbu mahallalarga tashrif buyurdi. O‘rganishda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.

Mutasaddilarga elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, yo‘llarni ta’mirlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, hududlarni obodonlashtirish hamda tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Shu kunning o‘zida Kattaqum mahalasida elektr ustunlari o‘rnatish, elektr tarmoqlarini yangilash, yo‘l va ko‘priklarni ta’mirlash, ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari boshlandi.

Shuningdek, aholi bilan muloqotda har bir oila o‘z uyi va xonadon atrofida obodonlashtirish ishlarini olib borishi, tomorqadan samarali foydalanib, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘yishi zarurligi ta’kidlandi. Bu borada mahalla nuroniylari tushuntirish ishlarini olib borishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Belgilangan vazifalar va infratuzilmani yaxshilash ishlarining ijrosi doimiy o‘rganilib, aholi bilan muloqot asosida muammolarga manzilli yechim topilishi belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Elektron retsept” qanday ishlaydi?

Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent...

 “Tenglik va hurmat” doirasida…

Ombudsman tashabbusi bilan viloyat Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish...

45 metrlik ko‘prik xizmatga shay

Boysun tumanidagi “Chilonzor” mahallasi hududidan o‘tuvchi Sherobod daryosi ustida...

Muloqot ko‘ngildagidek o‘tdi

Aholi va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini tinglash, ularda ko‘tarilgan muammolarga...
KunTun
KunTun