“Elektron retsept” qanday ishlaydi?

Date:

Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent shahri hamda PF-88-son Farmonga ko‘ra tanlangan 15 ta tuman (shahar)da, 2026-yil oxirigacha esa respublikaning barcha hududlarida sog‘liqni saqlash tizimini to‘liq raqamlashtirish bosqichi boshlanadi.

Qarorga ko‘ra:

– barcha tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlari Raqamli sog‘liqni saqlash platformasiga ulanadi;

– platforma to‘liq ishga tushguniga qadar ular “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimiga integratsiya asosida ulangan holda “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona”, “Elektron tibbiy karta” va “Elektron retsept” orqali ma’lumot almashadi;

– retsept asosida beriladigan dori vositalari majburiy ravishda “Elektron retsept” modulida rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron shaklda tayinlash tartibini belgilovchi nizom tasdiqlandi.

2025-yil 10-dekabrdan e’tiboran sinov hududlaridagi barcha tibbiyot muassasalari dori vositalarini xalqaro patentlanmagan nomi bo‘yicha elektron retsept orqali tayinlaydi (ba’zi maxsus toifadagi dori vositalaridan tashqari). Retsept ma’lumotlari to‘liq shifokor tomonidan kiritilib, elektron tasdiqlanadi.

Tibbiyot muassasalari va dorixonalar o‘z axborot tizimlarini vazirlik platformasiga ulashi yoki ularga bepul o‘rnatiladigan maxsus modullardan foydalanishi shart. Shuningdek, ular barqaror internet, elektr energiyasi va moddiy-texnik ta’minotga ega bo‘lishi lozim.

Qaror rasmiy e’lon qilingan kundan uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Gulchilik sirlari o‘rgatilmoqda

Uzun tumanining "Yangi ro‘zg‘or" mahallasida tashkil etilgan “Gulchilik tomorqa...

Xalqaro hamkorlik kengaymoqda

Termiz davlat universiteti delegatsiyasi ayni kunlarda Xitoyning Szyansu universitetida...

Jarang sochdi “So‘ngi qo‘ng‘iroq”

Surxondaryo viloyatidagi maktablarda bugun erta tongdanoq o‘zgacha hayajon sezildi....

Samarqandga yo‘l: yangi tarixiy asar

Ispan yozuvchisi va tarixchisi Antonio Torremocha Silvaning “Samarqandga elchilik”...
KunTun
KunTun