Bo‘sh obyektlardan samarali foydalaniladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Oltinsoy tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish va bo‘sh turgan obyektlardan oqilona foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ijrosini o‘rgandi. “Oqarbuloq” mahallasida qurilishi tugallanmagan inshootlar va bo‘sh obyektlar negizida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Mas’ullar tomonidan bo‘sh obyektlarga investitsiya loyihalarini joylashtirish takliflari taqdim etildi. Tadbirkorlarning muammolari tinglanib, ularga amaliy yordam ko‘rsatish vazifalari belgilandi. Shuningdek, yo‘l bo‘ylab aholi va transport harakati uchun qulayliklarni oshirishga qaratilgan choralar muhokama qilindi.

Paxta tozalash korxonasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda texnikalarni saqlovga kiritish jarayonlari o‘rganildi. “Denov tekstil klaster” MCHJga tegishli korxonalarning faoliyatini sog‘lomlashtirish va ishlab chiqarishni tiklash bo‘yicha taqdimotlar ko‘rib chiqildi. Yakunda bo‘sh obyektlardan samarali foydalanish, yangi ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish va ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun