Tajriba-sinov maydonida bog‘zor

Date:

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetiga biriktirilgan tajriba-sinov maydonida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda.

Maydonda suvdan samarali foydalanish maqsadida ariqlar betonlashtirilmoqda. Shuningdek, yerdan unumli foydalanish va ertapishar, sifatli mahsulot yetishtirish maqsadida to‘qsonbosti usulida mahalliy iqlimga mos piyoz navlari ekildi. Kechki karam ekinining o‘sish jarayoni muntazam nazorat qilinib, agrotexnik talablarga asosan parvarish ishlari olib borilmoqda.

Maydon xavfsizligini ta’minlash maqsadida uning atrofi sim panjara bilan o‘ralmoqda. Ushbu tajriba-sinov maydoni voha sharoitiga mos, hosildor va resurslarni tejaydigan qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini amaliyotda sinovdan o‘tkazishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun