Vatan muhofazasi — sharafli burch

Date:

Milliy gvardiya viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Termiz harbiy prokuraturasi, Yoshlar ittifoqi hamkorligida yoshlar uchun navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni harbiy xizmatchilar faoliyati va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadi ko‘zlangan.

Bir kunlik sayohatda ishtirok etgan o‘g‘il-qizlar harbiy xizmatchilarning jangovar mahoratlarini amaliy tarzda tomosha qilishdi, zamonaviy harbiy texnikalarning imkoniyatlaridan voqif bo‘lishdi. Shuningdek, ular bo‘linmalardagi maxsus texnikalar, qurol-aslahalar va jihozlar bilan bevosita tanishish imkoniga ega bo‘ldi. Bu jarayon yoshlar qalbida harbiy kasbga qiziqish, mas’uliyat va faxr tuyg‘usini yanada mustahkamladi.

Tadbir doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ham tashkil etildi. Unda Termiz harbiy prokurori Sh.Mirzayev yoshlar bilan ochiq muloqot qilib, ularning taklif va fikrlarini tingladi.
Ushbu yoshlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirishga, harbiy xizmatga nisbatan to‘g‘ri tasavvur shakllanishiga xizmat qildi.

Sherzod Mirzayev,

Termiz harbiy prokurori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun