Eskisi yangisiga almashtiriladi

Date:

Yangi farmonga ko‘ra, avtotransport vositalarining atmosferaga chiqarayotgan zararli moddalarini kamaytirish hamda ekologik xavfsizlikni oshirish maqsadida muhim tashabbus ilgari surildi. Unga muvofiq, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga “yevro-4” ekologik standartiga javob bermaydigan, “m” va “n” toifasiga mansub hamda 2010-yilgacha ishlab chiqarilgan avtomobillarni maxsus “trade-in” tizimi orqali xarid qilish tartibini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Mazkur tartib amaliyotga joriy etilgach, eski ekologik talablarga javob bermaydigan avtomobillarni egalari ularni yangisiga chegirma bilan almashtirish imkoniga ega bo‘ladi. Tashabbusning asosiy maqsadi — yurtimizda ekologik toza, zamonaviy va xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni kengaytirish, atmosfera ifloslanishini kamaytirish va aholi salomatligini muhofaza qilishdir.

Ushbu choralar ekologik barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim qadam bo‘lib, transport sohasidagi ekologik islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishi kutilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun