Termiz shahrida “Bagʻrikenglik haftaligi” munosabati bilan diniy konfessiyalar, turli millat vakillari, jamoatchilik faollari va yoshlar ishtirokida bag‘rikenglik va hamjihatlikni targ‘ib etuvchi tadbir o‘tkazildi.
“Sulton Saodat” jome’ masjidi hududida o‘tkazilgan davra suhbati davomida diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va o‘zaro hurmat tamoyillari muhokama qilindi.
Shundan so‘ng “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etilib, masjid hududiga daraxt ko‘chatlari ekildi. Bu tashabbus tabiatga e’tibor, ekologik madaniyatni oshirish va kelajak avlod oldidagi mas’uliyatning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Tadbir viloyatda totuvlik, insonparvarlik va o‘zaro hamjihatlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

